23 okt 16:16
Yangiliklar
Abduqodir Husanov UEFA CHempionlar ligasidagi eng tezkor markaziy himoyachi deb topildi
Markaziy himoyachilar o'rtasidagi reytingni boshqarib turgan Husanovning maksimal tezligi soatiga 35,8 kilometrni tashkil etdi va u bu borada "Tottenxem" vakili Mikki van de Venni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Markaz hisobotida beshta poziciya bo'yicha eng yuqori tezlik qayd etgan top-20 talik futbolchilar ro'yxati shakllantirilgan. Qanot himoyachilari orasida PSJ vakillari Ashraf Hakimi (36,4 km/soat) hamda Nunu Mendesh, markaziy yarim himoyachilarda Archi Grey (34,8 km/soat), qanot yarim himoyachilari va vingerlar orasida Entoni Gordon (37,9 km/soat), markaziy hujumchilar ichida esa Kilian Mbappe (35,7 km/soat) etakchilik qilmoqda.
SHuningdek, hisobotda o'yinchilarning tezlik toifalari bo'yicha bosib o'tgan masofasi taqsimoti ham keltirilgan. Tadqiqotga kiritilgan 100 nafar futbolchi orasida past tezlikda (soatiga 7 kilometrdan kam) eng ko'p masofa bosib o'tgan o'yinchilar markaziy hujumchilar bo'lib chiqdi: Kilian Mbappe (43,5 foiz), Viktor Osimxen (41,9 foiz) va Luis Suares (40,1 foiz). Maydonda piyoda yurish holati eng kam qayd etilgan futbolchilar esa markaziy yarim himoyachilar – Hakon Evjen (23,0 foiz), Joau Simoesh (24,1 foiz) va Lukas Bergvall (25,2 foiz) bo'ldi.
Fikrlar