23 okt 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev vakant UFC kamari jang qilishga tayyor
O'rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Xamzat CHimaev Nassurdin Imavov bilan vakant chempionlik kamari uchun jang qilishga tayyorligini bildirdi.
Bunday jang amaldagi chempion SHon Striklendning Liga bilan mojaro fonida tituldan mahrum qilinishi holatida tashkil etilishi mumkin.
CHimaev RAF 14 turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning savoliga javob berarkan, taklif tushsa, jangni qabul qilishini aytdi.
«Agar buning uchun pul to'lashsa, albatta, bu jangni qabul qilaman. CHempionlik kamaring bo'lsa, ko'p pul topasan», — deydi CHimaev.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar