24 okt 10:03
Yangiliklar
Bugun Tojikistonda yoshlar o'rtasida Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 turniri start oladi
Turnirda 3 qitaning 19 davlatidan kelgan jami 227 (144 o'g'il bola, 83 qiz) nafar dzyudochi tatamiga chiqadi. Ular orasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 27 nafar dzyudochisi ham bor.
Bugun musobaqaning ilk kuni o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, -73 kg, qizlarda esa -48, -52, -57, -63 kg vazn toifasilarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning bugungi ilk davra bellashuvlari:
-60 kg: Xushnud Sultonov — Seytek Kalibekov (Qirg'iz Respublikasi)/SHokir G'ayubov (Tojikiston)
-60 kg: Muhammadqodir SHodmonov — Ramziddin Azizov (Tojikiston)/Akejan Abdimanap (Qozog'iston)
-66 kg: Amirxon Nizomaddinov — Anushevron SHamsov (Tojikiston)
-66 kg: Abdurahmon Sadullaev — Konsantin Gurkaev (Belarus)
-73 kg: Behruzbek Usmonov — Anvarjon SHahromi (Tojikiston)
-73 kg: Sanjarbek Ashurov — Ozgan Guliev (Ozarbayjon)
QIZLAR
-48 kg: Marjona Sadullaeva — Nushin Jumaeva (Tojikiston)
-48 kg: Dilruh Hasanova — Otgonjargal Togtbaatar (Mo'g'uliston)
-52 kg: Sabina Azamatova — Alina Ivanova (Rossiya)/Gulhumor SHeralizoda (Tojikiston)
-52 kg: CHaros Hikmatova — Aysun Mammadova (Ozarbayjon)
-57 kg: Maftuna Ahmedova — Ko Ni-Erh (Xitoy Taypeyi)
-63 kg: Dinora Samandarova — Sopio Tatrishvili (Gruziya)
-63 kg: Asal Karimjonova — Sofya Lisuskaya (Belarus)
Fikrlar