23 okt 17:29
Yangiliklar
Nenad Lalovich UWW prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U saylovda yagona nomzod edi
23 oktyabr kuni Qozog'istonning Astana shahrida UWW kongressi bo'lib o'tdi. Tadbir yakunlariga ko'ra, amaldagi prezident Nenad Lalovich tashkilot rahbari lavozimiga bir ovozdan qayta saylandi.
68 yoshli Lalovich Birlashgan kurash dunyosini 2014 yildan beri boshqarib keladi. U 2013 yilda Xalqaro birlashgan kurash uslublari federaciyasi — FILA prezidenti bo'lgan. Keyinchalik tashkilot nomi United World Wrestling’ga o'zgartirilgan. Lalovich 2014 yilda UWW prezidenti etib saylangan, 2021 yilda esa yangi muddatga qayta saylangan.
Eslatib o'tamiz, 24 oktyabrdan 1 noyabrgacha Astanada sport kurashi bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi.
Fikrlar