26 noy 13:12
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jahon chempioni Quvonchbek Ismoilovga uch xonali uy sovg'a qilindi
Xorazmlik polvon Quvonchbek Ismoilov Slovakiya poytaxti Bratislavada o'tgan U20 jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo'yicha 63 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, jahon chempioniga aylangan edi.
Sportchining ushbu yutug'i munosabati bilan O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi Nig'matullo Yo'ldoshev unga uch xonali xonadon kalitini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Xorazm viloyati sport boshqarmasi xabar berdi.
Taqdirlash marosimida tuman hokimligi va sport-talim muassasalari vakillari, jamoatchilik, Quvonchbekning oila azolari hamda yosh sportchilar qatnashdi.
Xalqaro maydondagi zafarli natija va sportga sadoqat uchun berilgan bu etirof yosh chempionga munosib rag'bat bo'ldi.

Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar