26 noy 12:41
Yangiliklar
Javohir Sindarov partiya davomida uxlayotgani haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi
"Hammasi joyida. Umuman olganda, raqibim navbatdagi yurishni o'ylayotgan paytda men shunchaki dam olishga harakat qilaman. U erda uxlab o'tirganim yo'q, keyingi yurishlar haqida o'ylayapman", dedi hamyurtimiz.
Sindarov diqqatini qanday saqlaydi?
Nega esnagani so'ralganda, Javohir uyqusi yaxshiligini aytdi. Raqibi uzoq o'ylayotganida u taxtadagi mumkin bo'lgan yurish va rejalarni xayolidan o'tkazadi, imkon bo'lsa biroz dam ham oladi. 2-partiya oldidan Nikita Vitiugov bilan qisqa suhbat haqida so'ralganda, Sindarov bunday suhbatlar o'yin oldidan xotirjam bo'lishga yordam berishini aytdi.
Sindarov murabbiyi Roman Vidonyak bilan match muhitiga birga moslashayotganini aytdi. Sindarovning so'zlariga ko'ra, bunday match ikkalasi uchun ham ilk tajriba. Ular partiyadan keyin ruhiy holat haqida ham gaplashadi. Bazan suhbat shaxmatdan uzoqlashadi. Kechqurun karta yoki mayda o'yinlar o'ynab, vaqt o'tkazishlarini ham aytdi.
Fikrlar