16 noy 09:05
Yangiliklar
CHirchiqda O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi
Mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 800 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar O'zbek jang sanatining "Mergan chavandoz", "Mergan sportchi" hamda "Temuriylar bellashuvi" yo'nalishlari bo'yicha kuch sinashishdi. Musobaqa bosh hakami Farhod SHermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi esa sportchilarning har bir chiqishini odillik bilan baholab borishdi.

Takidlash joiz, O'zbek jang sanati xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy anana va qadriyatlari, jasorat, mardlik, vatanparvarlik hamda matonat kabi yuksak fazilatlarini o'zida mujassam etgan milliy sport turlaridan biridir. Bunday musobaqalar yosh avlod qalbida milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini mustahkamlash, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan harbiy-sport ananalarini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida birinchi yoshlar o'rtasida Andijon viloyati jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Samarqand viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Navoiy viloyati jamoasi egalladi.
O'smirlar o'rtasida;
1. Buxoro viloyati
2. Toshkent viloyati
3. Namangan viloyati
Kattalar o'rtasida;
1. Toshkent shahri
2. Jizzax viloyati
3. Farg'ona viloyati

Barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
SHuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov ishtirok etib, sportchilarni qutladilar va ularga musobaqada omad, kuch-g'ayrat hamda yuksak natijalar tiladilar.

Takidlash joiz, mazkur musobaqa nafaqat sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va mahoratlarini sinovdan o'tkazish, balki milliy sport turimiz nufuzini yanada oshirish, uni keng targ'ib etish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarimizga bo'lgan hurmatni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

Zero, milliy sportimiz — bu shunchaki jismoniy mahorat emas, balki xalqimizning tarixi, g'ururi, manaviyati va milliy o'zligining yorqin ifodasidir!






Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar