14 noy 12:00
Yangiliklar
Oston O'runovni Eronning boshqa klubi sotib olmoqchi
Eronning “Hamshahri Onlayn” nashri xabar berishicha, tabrizliklar “Persepolis”ning ikki futbolchisi – Oston O'runov va Amirhusayn Mahmudiyni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
“Traktor” bosh murabbiyi Javod Nekunam jamoaning yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni istamoqda. Mutaxassis avvalgi intervyularidan birida O'runovning transferi haqida o'ylayotganini bilvosita bildirgan edi.
Qayd etilishicha, “Traktor”ning bu poziciyada futbolchi izlashiga Mehdi Torabining jiddiy jarohat olgani ham sabab bo'lgan. Uning maydonga qachon qaytishi hozircha nomalum.
SHuningdek, tabrizliklar “Persepolis”ning yosh yarim himoyachisi Amirhusayn Mahmudiyga ham qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu futbolchini “Gul Guhar” klubi ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Nashrning takidlashicha, “Persepolis” futbolchilarini arzon narxga sotish niyatida emas. SHu bois “Traktor”ning mazkur transferlarni amalga oshirishi moliyaviy kelishuvlarga ham bog'liq.
Eslatib o'tamiz, Nekunam avvalroq O'runovning “Persepolis” bilan amaldagi shartnomasi borligini va hozircha uni sotib olish bo'yicha rasmiy taklif yuborilmaganini malum qilgan edi.
Fikrlar