13 noy 20:27
Yangiliklar
SHaxmat
Muhiddin Madaminov Tata Steel Chess 2027 turnirida ishtirok etadi, Bibsara ham!
15-31 yanvar kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkaziladigan nufuzli Tata Steel Chess 2027 turnirining Challengers guruhi ishtirokchilari elon qilindi.
O'zbekiston sharafini ushbu guruhda grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov himoya qiladigan bo'ldi. Hamyurtimizning raqiblari orasida Aravind CHitambaram, Bibisara Asaubaeva, Alis Li, Alua Nurman va Igor Samunenkov kabi taniqli shaxmatchilar bor.
Muhimi, Challengers guruhi g'olibi 2028 yilgi Tata Steel Chess turnirining Masters guruhida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 2027 yilgi turnirning Masters guruhida ishtirok etadi.
SHu tariqa, Tata Steel Chess 2027 musobaqasida uch nafar o'zbekistonlik shaxmatchi o'z kuchini sinab ko'radi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar