13 noy 15:17
Yangiliklar
Ali Lajami: “O'zbekistonga qarshi g'alaba qozonib, FIFA reytingidagi o'rnimizni yaxshilamoqchimiz”
Futbolchi “Ash-SHarq al-Avsat” nashriga bergan intervyusida jamoa Qatardagi yig'in davomida avvalgi xatolar ustida ishlaganini takidladi.
“Yig'in davomida Fors ko'rfazi kubogida yo'l qo'ygan xatolarimizni tuzatishga etibor qaratdik. Har ikki uchrashuvga g'alaba qozonish va xalqaro reytingdagi o'rnimizni yaxshilash maqsadida chiqamiz. Xudo xohlasa, bunga erishamiz”, – dedi Lajami.
SHuningdek, himoyachi O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan o'ynash jamoa uchun qo'shimcha rag'bat ekanini aytdi.
“Albatta, Janubiy Koreya va O'zbekistonga qarshi bahslar bizga yanada yaxshi o'yin ko'rsatish uchun qo'shimcha turtki beradi. Har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonishni istaymiz”, – dedi saudiyalik futbolchi.
Malumot uchun, Saudiya Arabistoni 13 noyabr kuni Janubiy Koreya, 17 noyabrda esa O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'zbekistonga qarshi bahs Dohadagi “Jassim bin Hamad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar