13 noy 14:15
Yangiliklar
Gimnastika
Trampolin bo'yicha Jahon chempionatida oltin medal qo'lga kiritildi!
Xitoyning Nankin shahrida trampolin sporti bo'yicha Jahon chempionati o'tkazildi.
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medalga ega chiqdi.
Akrobatika yo'lakchasida sakrash dasturida ishtirok etgan vakilimiz Muhammadziyo Abobakirov o'z chiqishida barcha raqiblaridan yuqori natija qayd etib, Jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Kuchli uchlik:
1. Muhammadziyo Abobakirov (O'zbekiston)
2. Bilal Gurbanov (Ozarbayjon)
3. Alfi Koller (Buyuk Britaniya).

Havola :
Manba : t.me/UZBGymnastics
Fikrlar