13 noy 10:07
Yangiliklar
Zagreb Grand Prix 2026. Bugun Diyora Keldiyorova medallar uchun kurashga kirishadi
Musobaqaning ilk kuni erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan Azizbek Ortiqov (-66 kg) va Parij Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 13:45`da boshlanadi. Diyoraning chiqishi 2-tatamining 9-bellashuviga to'g'ri keladi. Azizbek Ortiqov esa to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan o'z ishtirokini boshlaydi. Dzyudochilarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin!
Zagreb Grand Prix 2026. Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Arujan Erejepova (Qozog'iston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Felipe Dakruz (Livan)/Abderahman Boushita (Marokash)

Fikrlar