13 noy 11:09
Yangiliklar
Futbol
Here we go. Maurisio Pochettino - "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi!
Taniqli insayder Fabricio Romano Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyiga aylanganini malum qildi.
"Manchester Yunayted" Maurisio Pochettinoni yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Kelishuv tasdiqlandi, AQSH futbol federaciyasi rozilik berdi. Pochettino barcha shartlarni chorshanba kuni kelishib oldi", — deb yozdi Romano X ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy sahifasida.
11 noyabr kuni "Manchester Yunayted" matbuot xizmati rasmiy saytida asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan Maykl Kerrik bilan xayrlashilganini elon qilgan edi.
"Manchester Yunayted" joriy mavsumning dastlabki 10 ta o'yinida atigi bitta g'alaba qozongan holda, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Fikrlar