13 noy 11:40
Yangiliklar
Sport - millat salomatligi, ilm-fan va kamolot omili!
Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan mahoratli sportchilarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan. Sportga qaratilayotgan yuksak etibor zamirida nafaqat jismonan baquvvat avlodni voyaga etkazish, balki yoshlarning manaviy kamoloti, irodasi, intizomi va Vatanga sadoqatini mustahkamlashdek ezgu maqsadlar mujassam.
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar mazkur yo'nalishda faoliyat yuritayotgan talim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va sport tashkilotlari zimmasiga katta masuliyat yuklamoqda. Zero, zamonaviy sport taraqqiyoti yuqori natijalarga erishish bilangina cheklanmaydi. U ilmiy yondashuv, innovacion texnologiyalar, malakali murabbiylar, puxta metodik taminot va samarali xalqaro hamkorlikni ham taqozo etadi.
Davlat siyosati va sport talimi: Yagona maqsad sari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–414-son qarori sohada malakali kadrlar tayyorlash, oliy talim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish va ilg'or sport-talim texnologiyalarini joriy etish borasida muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.
SHuningdek, Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF–6099-son Farmoni aholi o'rtasida ommaviy sportni kengaytirish, jismoniy faollikni oshirish va sog'lom turmush tarzini hayot meyoriga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar sport talimi va ilmiy tadqiqotlar o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni kuchaytirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash zarurligini ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, oliy sport talimi muassasalari oldiga talim sifati, ilmiy izlanishlar samaradorligi va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish vazifasini qo'yadi.
Jangovor yakkakurash sport turlari ham mazkur jarayonning muhim tarkibiy qismidir. Karate, kikboksing va boshqa yakkakurash yo'nalishlari yoshlarda nafaqat jismoniy qobiliyatlarni, balki qatiyat, o'zini boshqarish, intizom, sabr-toqat va raqibga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. SHu bois ushbu sport turlarini ilmiy asosda rivojlantirish, mashg'ulotlar metodikasini takomillashtirish va iqtidorli sportchilarni saralash tizimini kuchaytirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Ilmiy salohiyat — taraqqiyotning muhim mezoni
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jangovor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 2024-2025 o'quv yili davomida talim, ilmiy tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo'nalishlarida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ushbu davrda kafedrada 16 nafar professor-o'qituvchi faoliyat olib bordi. Kafedraning ilmiy salohiyati 16,6 foizni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkich kafedra oldida ilmiy darajaga ega kadrlar sonini ko'paytirish, yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish bo'yicha muhim vazifalar turganini ko'rsatadi.
Bugungi kunda sport sohasidagi ilmiy izlanishlar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg'unlashtirish, sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini chuqur o'rganish, mashg'ulot jarayonini takomillashtirish va musobaqalarda yuqori natijalarga erishishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilmoqda.
Kafedramiz professor-o'qituvchisi G'anisher Ismoilov ilmiy faoliyati bu boradagi izlanishlarga misol bo'la oladi. Uning yosh kikbokschilarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini baholash, sakrash qobiliyati va tezlik ko'rsatkichlarini o'lchashga mo'ljallangan texnik vositalarni takomillashtirish, jang sanatlarida zarba berishning nazariy asoslari va maxsus trenajyor konstrukciyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan maqolalari sport ilmining amaliy ahamiyatini namoyon etadi.
Ushbu yo'nalishdagi ilmiy ishlar jismoniy tayyorgarlikni baholash, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va mashg'ulot jarayoniga zamonaviy o'lchash texnologiyalarini tatbiq etish uchun muhim ilmiy-uslubiy asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
2024-2025 o'quv yilida kafedrada monografiya tayyorlanib, nashr etildi. Bundan tashqari professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida, jumladan, "Scopus va Web of Science" malumotlar bazalariga kiruvchi nashrlarda chop etildi. Hisobot davrida HEMIS platformasiga 3 ta darslik, xalqaro ilmiy jurnallarda 6 ta, respublika ilmiy jurnallarida 21 ta maqola, xalqaro konferenciyalarda 12 ta va respublika konferenciyalarida 36 ta tezis joylashtirildi.
Bunday natijalar ilmiy faoliyatni tizimli tashkil etish, tadqiqot natijalarini ommalashtirish va professor-o'qituvchilarning ilmiy hamjamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Kafedra faoliyatida ilmiy tadqiqotlarning uzviyligini taminlash, ilmiy darajali kadrlar tayyorlash va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida etibor qaratilmoqda. So'nggi uch yil davomida ikki nafar professor-o'qituvchining ilmiy tadqiqot mavzulari Oliy attestaciya komissiyasida ro'yxatdan o'tkazildi. SHu davrda kafedra professor-o'qituvchisi G'anisher Ismoilov PhD ilmiy darajasini oldi.
Albatta, bu natijalar bilan cheklanib qolmasdan, ilmiy salohiyatni izchil oshirish, istiqbolli tadqiqot yo'nalishlarini belgilash va xalqaro ilmiy nashrlardagi maqolalar sifatini yanada yaxshilashni maqsad qilganmiz.

Iqtidorli yoshlar — kelajak ilm-fanining tayanchi
Kafedramiz faoliyatida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy izlanishlarga qiziqishini kuchaytirish va mustaqil fikrlaydigan yosh mutaxassislar sifatida shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
2024-2026 o'quv yillarida iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi asosida ularning ro'yxati shakllantirildi, ilmiy mavzulari tasdiqlandi, ilmiy to'garaklar faoliyatini takomillashtirish va masul professor-o'qituvchilarning faolligini oshirish choralari ko'rildi. Bunda talabalarning ilmiy salohiyatini birinchi kursdanoq aniqlash, ularni tajribali ustozlarga biriktirish, mustaqil izlanish olib borishga o'rgatish va ilmiy faoliyatning keyingi bosqichlariga tayyorlashga alohida etibor berilmoqda. Ustoz-shogird ananasi asosida tashkil etilayotgan ishlar yoshlarning bilim va tajribasini oshirish, ularda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Talabalarimiz respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferenciyalarda muntazam ishtirok etib, o'z ilmiy ishlarini taqdim etmoqda. Jumladan, Dilnura Toshpo'latova, SHahzoda Amirova, Fotima Nishonboeva va Sadoqat Rahmatullaevalarning ilmiy tezislari turli konferenciyalarda elon qilingan, ulardan birining maqolasi "Fan-sport" jurnalining 6-sonida chop etilgan. Bu kabi misollar yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganini ko'rsatadi. Bizning vazifamiz esa ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy rahbarlik sifatini oshirish va iqtidorli talabalarning o'z qobiliyatlarini to'la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Xalqaro hamkorlik — yangi imkoniyatlar eshigi
Zamonaviy sport talimini xalqaro tajriba bilan boyitish, xorijiy mutaxassislar bilan ilmiy aloqalarni kengaytirish va ilg'or metodikalarni o'rganish kafedramiz faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biridir.
Kafedra tomonidan Malayziyaning Sulton Idris universiteti hamda CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan ikki tomonlama hamkorlik dasturlari shakllantirilgan. Bu kabi hamkorlik talim va ilmiy tadqiqot sohasida tajriba almashish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda sportchilar tayyorlash amaliyotini takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
2024 yil 22 oktyabrda Jahon karate konfederaciyasi (WKC/FW) vakillari bilan hamkorlik memorandumi tuzilgani ham kafedramizning xalqaro aloqalarini mustahkamlashdagi muhim qadamlardan biri bo'ldi. Jahon karate konfederaciyasi prezidenti Vyacheslav Timofeev ishtirokida universitetning karate ixtisosligi talabalari uchun seminar tashkil etildi. 2024 yil 16 noyabrda esa Xalqaro karate federaciyasining (ITKF) Osiyo va Okeaniya mintaqasi bo'yicha prezidenti Ibrohim al-Bakr universitetga tashrif buyurdi. Uchrashuvda karate sportining tarixi, mamlakatimizda ushbu yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Xalqaro mutaxassislar bilan bunday muloqotlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, jahon sportidagi tendenciyalar bilan tanishtirish va murabbiylik faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Kafedra professor-o'qituvchilari xalqaro ilmiy-amaliy konferenciyalarda ham ishtirok etib kelmoqda.
SHu bilan birga, professor-o'qituvchilarimixalqaro grant dasturlarida ishtirok etishga ham intilmoqda. G'anisher Ismoilov O'zbekiston va Belarus jang sanati ustalari uchun frikcion trenajyor uskunalarini ishlab chiqishga bag'ishlangan grant loyihasida ishtirok etayotgani sport sohasidagi amaliy innovaciyalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Xalqaro hamkorlikning yana bir muhim jihati — xorijiy mutaxassislarni talim jarayoniga jalb etishdir. Bu borada erishilgan tajribani izchil davom ettirish, xorijiy oliy talim muassasalari bilan qo'shma tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish va kafedra azolarining xorijda malaka oshirish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish oldimizda turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

Ilmiy anjumanlar va barqaror rivojlanish maqsadlari
Ilmiy muhitni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi tadqiqot yo'nalishlarini belgilashda ilmiy konferenciya hamda seminarlarning o'rni beqiyos. 2025 yil 24 aprelda kafedramiz tomonidan "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"ga bag'ishlangan "Yakkakurash sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy konferenciya o'tkazildi.
Mazkur anjuman sohaning dolzarb muammolarini muhokama qilish, ilmiy izlanishlar natijalarini taqdim etish va mutaxassislar o'rtasida professional muloqotni rivojlantirish uchun muhim maydon bo'ldi. SHuningdek, 2025 yil 6 fevralda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida seminar tashkil etildi. Bunday tadbirlar sportning inson salomatligi, ijtimoiy farovonlik, sifatli talim va barqaror taraqqiyot bilan bog'liq jihatlarini kengroq anglashga yordam beradi.
Kafedramizda ilmiy faoliyatni raqamlashtirish va ilmiy natijalarni xalqaro miqyosda ommalashtirish masalalariga ham etibor qaratilmoqda. Professor-o'qituvchilarning "Scopus"," Web of Science", "Google Scholar"," ResearchGate", "ORCID"," Scienceweb" va boshqa ilmiy platformalardagi faolligi tadqiqot natijalarining ko'rinishini oshirish, ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro hamjamiyat bilan muloqotni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oldimizdagi vazifalar va istiqbolli rejalar
Erishilgan natijalar bilan bir qatorda, kafedra faoliyatini yanada takomillashtirishni talab etadigan yo'nalishlar ham mavjud. Jumladan, ilmiy salohiyatni oshirish, fan doktorlari va falsafa doktorlari sonini ko'paytirish, nufuzli xalqaro jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish, xalqaro grantlarda ishtirokni kengaytirish va xorijiy universitetlar bilan qo'shma tadqiqotlarni rivojlantirish shular jumlasidandir.

Kelgusida quyidagi vazifalarga ustuvor ahamiyat qaratishni maqsad qilganmiz:
— professor-o'qituvchilarning ilmiy daraja va unvonlarga ega bo'lishi uchun tizimli ko'makni kuchaytirish;
— jangovor yakkakurash sport turlarida sportchilarning jismoniy, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tadqiqotlarni kengaytirish;
— ilmiy natijalarni o'quv-mashg'ulot jarayoniga tatbiq etish, zamonaviy o'lchash va monitoring texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish;
— iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularning respublika va xalqaro tanlovlar, olimpiadalar hamda konferenciyalardagi ishtirokini kengaytirish;
— xorijiy oliy talim muassasalari va xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, qo'shma ilmiy loyihalar va grantlarda ishtirok etishni faollashtirish;
— ilmiy maqolalar, darsliklar va monografiyalar sifatini oshirish, ularning xalqaro ilmiy maydondagi tasirchanligini kuchaytirish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda har bir professor-o'qituvchining shaxsiy masuliyati, ilmiy izlanishga bo'lgan intilishi va jamoaviy hamkorlik muhim o'rin tutadi. Zero, kafedraning haqiqiy salohiyati faqat raqamlar bilan emas, balki ilmiy natijalarning sifati, ularning amaliyotdagi samarasi va tarbiyalanayotgan yosh mutaxassislarning bilim darajasi bilan ham belgilanadi.

Xulosa o'rnida
Sport — bu faqat g'alaba va rekordlar emas. U insonni irodali, intizomli, maqsad sari qatiyat bilan intiluvchan qilib tarbiyalaydigan, jamiyatda sog'lom muhitni shakllantiradigan va mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltiradigan muhim ijtimoiy kuchdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan yuksak etibor va yaratilayotgan imkoniyatlar biz, soha vakillaridan yanada fidoyilik, tashabbuskorlik va samarali mehnatni talab etadi. Jangovor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi ham ana shu masuliyatni chuqur anglagan holda, talim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lida faoliyat olib bormoqda.
Ishonchimiz komilki, ilm-fan va amaliyot uyg'unligi, ustoz-shogird ananalarining davomiyligi hamda xalqaro tajribani samarali o'zlashtirish orqali kafedramiz jangovor yakkakurash sport turlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga va yurtimiz sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shadi.

SHuhrat ARSLONOV, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jangovor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
Fikrlar