14 noy 14:15
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish sporti: O'zbekistonlik sportchi ilk bor Jahon chempionatida trap dasturining finalida qatnashdi
Qatarda o'q otish sporti bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Musobaqaning navbatdagi kun bahslari terma jamoamiz uchun ahamiyatli bo'ldi. Boisi stenddan otish yo'nalishining trap dasturida yamyurtimiz Azamat Qayumov final bosqichida ishtirok etdi.
18 yoshli sportchimiz 122 nafar ishtirokchi orasida eng kuchli sakkizlikka kirib, trap dasturining final bosqichiga ishtirok etdi. Olimpiada va jahon chempionlari bilan munosib bellashgan Azamat Qayumov musobaqani ettinchi o'rinda yakunladi. Bu trap yo'nalishida sportchilarimizning ilk bor final bosqichidagi ishtiroki bo'ldi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar