So’nggi yangiliklar

11:40Мадрид мэри ЖЧ-2030 ҳақида: "Агар финал Испанияда ўтмаса, бу ҳақорат бўлади" 0 11:40Де ла Фуэнте Испаниянинг Англиядан учраган мағлубияти ва тўхтатилган тарихий серия ҳақида гапирди 0 11:09WBA Мунгия ва Мелиқўзиев ўртасидаги чемпионлик жанги учун янги буйруқ берди 0 10:38UFC жангчиларининг Ган - Хокит жангига муносабати: "UFC`нинг энг яхши оғир вазн жанги!" 0 10:07Уч кундан кейин Шимкентда жанг қиладиган Одилхоннинг рақиби ўзгарди + ПОСТЕР 0 09:36Англия терма жамоаси Испаниянинг рекордига чек қўйди 0 09:05Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 08:3419 ёшли Мирра Андреева Якуний WTA турнири чемпиони бўлди 0 08:03Total Chess. Абдусатторов иштирок этган турнирда 1/2 финалчилар аниқланди 0 07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0

16 noy 11:40
Yangiliklar

Futbol

Madrid meri JCH-2030 haqida: "Agar final Ispaniyada o'tmasa, bu haqorat bo'ladi"

Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda Portugaliya va Marokash bilan birgalikda mezbonlik qilinadigan JCH-2030 final uchrashuvini faqat Ispaniya qabul qilishi kerakligini takidladi.

Avvalroq Marokash hal qiluvchi bahsni Kasablankadagi yangi stadionda o'tkazishga erishish uchun harakat qilayotgani xabar qilingan edi.

"Final shu erda o'tishi shart. Ariza Ispaniya va Portugaliyadan chiqqan, shundan so'ng bizga Marokash qo'shilgan. SHu bilan birga, o'yinlar boshqa mamlakatlarda (Urugvay, Argentina va Paragvayda) ham bo'lib o'tadi.

Nahotki ispan futboli qilayotgan shuncha ishlardan keyin bizdan finalni tortib olishmoqchi bo'lsa? Erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz, olimpiya jamoamiz muvaffaqiyatlari hamda Evropa chempionatidagi ishtiroklardan so'ng kimdir eng yaxshi stadionlar, rivojlangan infratuzilma va yirik tadbirlarni o'tkazish tajribasiga ega shaharni finaldan mahrum etishga jurat qila oladimi?

Ispan futboliga bu borada rad javobini berish — maydakashlik. Hisoblaymanki, jahon chempionati finaliga Ispaniya mezbonlik qilishi lozim. Agar bunday bo'lmasa, turnirni tashkil etishda qanday rol o'ynayotganimiz haqida o'ylab ko'rishimiz kerak. Hamma narsaning chegarasi bor. Biz Portugaliya bilan birgalikda ariza tayyorlaganmiz, bizda eng yaxshi infratuzilma mavjud. Obektlarni baholashdan so'ng FIFA bizga, xususan, "Santyago Bernabeu" va "Metropolitano" stadionlariga eng yuqori baholarni berdi. Qolaversa, biz jahon chempionlarimiz. Yana nimani istash mumkin?

Bu Ispaniyaga nisbatan ochiqdan-ochiq haqoratdir. Marokashga achinaman, lekin menimcha, hamma narsaning chegarasi bor. Final Madridda o'tsa xursand bo'lardim va shahrimiz nomzodini himoya qilaman. Madrid hal qiluvchi bahsni qabul qilishi kerak. Ammo bu Madrid bo'lmagan taqdirda ham, faqat o'z variantimda turib olmayman — mayli, final Ispaniyaga, bu holatda Barselonaga nasib etsin", — dedi Martines-Almeyda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing