18 noy 11:40
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekistonda hokimlarning sport bo'yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi
Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining sport bo'yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining hududiy bo'linmalari ijrochi direktorlari bir vaqtning o'zida maslahatchi vazifasini ham bajaradi.
Maslahatchilar tegishli rahbarlar tomonidan Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Havola :
Manba : lex.uz
Fikrlar