04 noy 17:06
Yangiliklar
O'zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishi mumkin
Hujjatga ko'ra, yil davomida eng faol qatnashchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishi mumkin.
Akciyada 18 yoshga to'lgan O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Sovrin olish uchun ishtirokchi yil davomida mamlakat hududida eng ko'p qadam bosganlardan biri bo'lishi va har kuni kamida 10 ming qadam yurishi kerak.
Akciya mobil ilova va veb-portaldan iborat maxsus raqamli platforma orqali o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilarning qadamlar soni Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi tomonidan kuzatib boriladi.
Ayrim holatlarda natijalar qayta tekshirilishi mumkin. Bunga g'ayrioddiy yuqori ko'rsatkichlar, suniy intellekt yoki avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish alomatlari, boshqa ishtirokchilardan kelib tushgan shikoyatlar hamda texnik nosozliklar sabab bo'lishi mumkin.
Nizom loyihasi 13 noyabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo'ladi.
"10 ming qadam piyoda" platformasi dastlab 2021 yil iyun oyida ishga tushirilgan. 2022 yil aprelida esa bosib o'tilgan qadamlar uchun fuqarolarni rag'batlantirish tartibi bekor qilingan edi.
Fikrlar