So’nggi yangiliklar

16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0

04 noy 15:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Jon MakKarti UFC hakamlarining gonorarlarini ochiqladi

UFC`ning afsonaviy hakami Jon MakKarti Renato Moykano - Tom Nolan jangida Den Miragliottaning harakatlariga qo'shilmasligini bildirdi va shu bilan birga, hakamlar MMA-jamoatchiligining qattiq tanqidiga uchrash uchun etarlicha pul ishlamasligini takidladi.

"Aniq ayta olmayman, lekin Den bu turnir uchun taxminan 1600 dollar olgan bo'lsa kerak. Sizlarga rostini aytay: men UFC`da hakamlik qilgan barcha janglarimda eng ko'p gonorarim 2000 dollar bo'lgan. Bu 2017 yilda Nyu-Yorkda o'tkazilgan so'nggi turnirimda bo'lgan edi. O'shanda men ikkita chempionlik jangiga hakamlik qilganman va butun turnir uchun 2000 dollar olganman", – dedi "Katta" Jon Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

MakKarti shuningdek, hakamlar to'g'ri qaror qabul qilgan taqdirda ham, pul yutqazgan zargarlar tomonidan korrupciyada ayblanayotganiga etibor qaratdi.

"Zargarlik sportning katta qismiga aylanib ketdi va hatto odamlar hammasini to'g'ri qilganda ham, ular hech qanday yomon ish qilmagan bo'lsa-da, ularni korrupciyada ayblaydilar. Ularni haqorat qilishadi, o'ldirish bilan tahdid qilishadi. Har bir insonning sabr-toqati chegarasi bor.

Buncha pul olib, bularning hammasiga duch kelishga majbur bo'lganingizda, ertami-kechmi bu sizga tasir qila boshlaydi. Bir payt kelib, siz bu arzimas ekan, deb o'ylay boshlaysiz", – deya qo'shimcha qildi MakKarti.

MakKarti shuningdek, hakamlarning gonorari ular chempionlik jangiga yoki oddiy jangga hakamlik qilishidan qatiy nazar o'zgarmasligini qo'shimcha qildi. SHu bilan birga, hakamlarga to'lovlarni tashkilotlar emas, balki atletika komissiyalari amalga oshiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing