04 noy 08:52
Yangiliklar
Tennis
Iroda To'laganova Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga direktor etib tayinlandi
O'zbekiston tennis federaciyasi raisi o'rinbosari Iroda To'laganova Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
To'laganova professional faoliyati davomida WTA reytingida yakkalik bahslari bo'yicha dunyoning 16-raketkasi darajasiga ko'tarilgan.
Maktab faoliyatining asosiy yo'nalishlari yosh istedodli sportchilarni aniqlash, ularni professional tennisga tayyorlash, mashg'ulotlar sifatini oshirish va yuqori malakali tennischilarni etishtirishdan iborat.
Yangi rahbar boshchiligida maktab faoliyatini takomillashtirish hamda yosh tennischilarni tayyorlash bo'yicha ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar