03 noy 19:02
Yangiliklar
Jiddiy to'qnashuvda qatnashgan "Tenerife" futbolchisi vafot etdi
Bu haqda klub matbuot xizmati elon qildi.
Futbolchi 30 yoshda edi.
2 noyabr kuni bahsning 97-daqiqasida de Migel "Andorra" darvozaboni Xesus Ovono bilan to'qnashib ketgandi. Posbon o'z darvozasidan oldinga chiqib, hujumchiga tizzasi bilan zarba bergan va to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi.
To'qnashuvdan so'ng de Migel hushini yo'qotdi. Futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi. Tez yordam mashinasida uning yuragi va nafas olishi to'xtab qoldi. SHifokorlar reanimaciya muolajalarini muvaffaqiyatli o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi, shundan so'ng hujumchi shifoxonaga etkazildi.
Bugun "Tenerife" futbolchining nevrologik holati yomonlashgani va jonlantirish bo'limidaligi haqida xabar berdi, biroq uni asrab qolishning imkoni bo'lmadi.
Fikrlar