09 fev 17:50
Yangiliklar
Tennis
Tenerife Challenger. Fomin reytingda o'zidan quyidagi raqibga yutqazdi
Xabar berganimizdek, Ispaniyaning Tenerife shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari o'tkazilmoqda.
Mukofot jamg'armasi 97,640 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada polshalik 32 yoshli Filip Pelivoni 43 daqiqada, ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi - 6/1, 6/1.
Afsuski, asosiy to'rga yo'llanma bergan uchrashuvda u ATP reytingida 527-pog'onada borayotgan ispaniyalik Serxio Kallexonga 6/7(3), 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Fomin ayni paytda dunyoning 328-raketkasi bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar