So’nggi yangiliklar

11:09Гукеш ва Синдаров иштирокида ўтган матбуот анжумани тўлиқ ҳолатда — гроссмейстерлар нималар дейишди? 0 10:38Элит ОЧЛ. Бугун жамоаларимиз Саудия Арабистони клубларига қарши баҳс олиб боради 0 10:07Мукофот жамғармаси салкам 16 млн доллар бўлган Якуний ATP турнири якунланди 0 09:36Жаҳон тожи ва 2 500 000 доллар учун кечадиган матчнинг 1-турини ким қайси доналарда ўйнаши маълум 0 09:05Қозоғистонда биринчи UFC турнирининг ўткказилиш санаси айтилди 0 08:34А Серия. "Интер" 4 та гол уриб ҳам ғалаба қозона олмади 0 08:03Гукеш: "Бирор нарсани ҳимоя қилиш учун келганим йўқ!" 0 07:32Жавоҳир Синдаров: "Менда имконият бор!" 0 07:01Диллиан Деонтейга қарши жанг қилишга тайёр. Бу таклиф Жалоловга берилганди 0 19:22Ган Хокит билан реванш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:50"Мен кетишга тайёрман". Бруну Фернандеш танқидлар ва МЮдаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:10Алекс Перейра: "Павлович ҳали бундай ўзига хос рақибга қарши жанг қилмаган" 0 17:29"Мен асосий даъвогарман. Махачев мендан қочди" - Карлос Пратес 0 16:52Диёра Келдиёрова Ута Абе билан солиштиришлари ҳақида: "Бу ҳудди Месси ва Роналдуни таққослагандек" 0 16:14Моуринью "Реал"нинг навбатдаги рекордини ўрнатди 0

23 noy 11:09
Yangiliklar

SHaxmat

Gukesh va Sindarov ishtirokida o'tgan matbuot anjumani to'liq holatda - grossmeysterlar nimalar deyishdi?

Xabar berganimizdek, kecha SHveycariyaning Jeneva shahridagi BMT Millatlar saroyida Jahon chempionligi match oldidan rasmiy matbuot anjumani o'tkazildi.

Amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradju hamda Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov ertaga boshlanadigan turnir oldidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. 

"Ko'p shaxmatchilar butun umr o'ynab ham jahon toji uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor!" — Javohir Sindarov

Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi g'alabasidan keyingi olti oy qanday o'tganini esladi. Uning aytishicha, vaqt u o'ylagandan ancha tez o'tgan.

"Jahon toji uchun kurashishdan juda xursandman. Ko'p shaxmatchilar butun umr shaxmat o'ynab ham bunday imkoniyatga ega bo'lmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor. Bundan imkon qadar zavq olishga harakat qilaman".


Gukesh: "Unvonni qaytadan qo'lga kiritish uchun keldim"

Jurnalist Gukeshdan jahon chempionligi unvonini himoya qilish uni qo'lga kiritishdan qiyinroqmi, deb so'radi. Uning javobi qisqa va qatiy bo'ldi.

"Men bu erga biror narsani himoya qilish uchun kelganim yo'q. Men unvonni qaytadan qo'lga kiritish uchun shu erdaman".


Sindarov g'alaba imkoniyatini 50 ga 50 deya baholadi

Nomzodlar turniri oldidan o'z imkoniyatini 15 foiz deb baholagan Javohirdan hozirgi match uchun qanday nisbatni tanlashini so'rashdi.

"Menimcha, 50 ga 50 deyish to'g'ri bo'ladi. Bu juda qiyin match va 14 partiyada har narsa ro'y berishi mumkin".


Raqiblar bir-biri haqida nima dedi?

Gukesh Sindarovning barqaror va kuchli o'yinini yuqori baholadi. Uning fikricha, Javohir hozir o'zining eng yaxshi formasida va unga qarshi match haqiqiy sinov bo'ladi.

Sindarov Gukeshning 2024 yildagi natijalarini "fantastik" deb atadi. Bu yil Tata Steel turnirida unga qarshi o'ynaganida raqibining naqadar kuchli ekanini his qilganini aytdi. SHuningdek, uning oxirigacha kurasha olishini alohida etirof etdi.


Matchga ikki xil tayyorgarlik

Javohir Nomzodlar turniridan keyin ham ko'p musobaqalarda qatnashganini tajriba orttirish istagi bilan izohladi. U faoliyatida bu darajadagi kuchli turnirlarda hali ko'p o'ynamaganini va o'z qaroridan mamnun ekanini bildirdi.

Gukesh esa jamoasi bilan bu yilgi turnirlar sonini kamaytirishga qaror qilgan. U Sindarovning ko'proq o'ynaganidan hayron bo'lmaganini aytdi.


Sindarovga kimlar yordam beryapti?

Javohir matchga tayyorgarlikda Roman Vidonyak, Muhiddin Madaminov va Nikita Vitiugov yordam berayotganini malum qildi. Jamoasining qolgan azolarini matchdan keyin ochishini aytdi.

Gukesh esa Grjegoj Gajevski bilan ishlayotganini tasdiqladi. U ham boshqa yordamchilari haqida keyinroq gapirishini bildirdi.


Sindarov: "2025 yilgacha jiddiy ishlamaganman"

Bolalikda nimalardan voz kechgani haqida so'ralganida Javohir o'z istedodiga doim ishonganini, ammo 2025 yilgacha shaxmat ustida jiddiy ishlamaganini aytdi.

"Har qanday o'yinda doim g'alaba qozonishga intilaman. SHaxmat ustida jiddiy ishlashni boshlaganimdan keyin kuchaydim".

U so'nggi ikki yilda ko'p mehnat qilganini aytib, bolalarga sevgan sohasida tinimsiz ishlashni maslahat berdi. Gukesh esa bolaligida maktabga deyarli bormaganini, ammo o'z hayotidan minnatdor ekanini bildirdi.


Eng muhim maslahat va yaqinlar qo'llovi

Gukesh so'nggi oylarda yodida qolgan maslahatni aytdi: "Kimligingni unutma". U bu so'zlarni match davomida ham eslab yurishini bildirdi.

Sindarov esa qiyin paytlarda do'stlari va oilasi birinchi bo'lib yordam qo'lini cho'zishini, yaqinlarining qo'llovisiz yuqori natijalarga erishish qiyinligini aytdi.


G'alaba qozonsa, nima qiladi?

Javohir chempion bo'lsa nima qilishi haqida hozircha hech qanday vada bermagan.

"Hozir faqat keyingi 20 kunga diqqatimni qaratib, o'zimning eng yaxshi shaxmatimni ko'rsatishni xohlayman. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing