So’nggi yangiliklar

18:50"Мен кетишга тайёрман". Бруну Фернандеш танқидлар ва МЮдаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:10Алекс Перейра: "Павлович ҳали бундай ўзига хос рақибга қарши жанг қилмаган" 0 17:29"Мен асосий даъвогарман. Махачев мендан қочди" - Карлос Пратес 0 16:52Диёра Келдиёрова Ута Абе билан солиштиришлари ҳақида: "Бу ҳудди Месси ва Роналдуни таққослагандек" 0 16:14Моуринью "Реал"нинг навбатдаги рекордини ўрнатди 0 15:30UFC’нинг япониялик жангчиси Алмабаев устидан қозонилган ғалабадан кейин узр сўради ва кейинги рақибини танлади 0 14:19Рамазон Темиров Хоригучини жангга чорлади 0 13:13Қозоғистон президенти ўзбекистонлик боксчига фуқаролик бериш тўғрисидаги фармонни имзолади 0 12:30ОЧЛ. “Ал-Ҳилол” Фарғонага тўрт футболчисисиз келди 0 11:21Мераб Двалишвили навбатдаги жангини қачон ўтказишга тайёр бўлишини айтди 0 10:30Иржи Прохазка нокаутли мағлубиятини изоҳлади 0 09:59Бугун Жаҳон чемпионатининг аралаш жамоавий беллашувлар ўтказилади. Ўзбекистонда жиддий рақиб! 0 09:28"Арсенал" мағлубиятдан қутилиб қолди 0 08:57Иржи Прохазка - Навахо Стирлинг жангига ММА оламининг муносабати 0 08:26Комплект медалларни қўлга киритган Ўзбекистон жаҳон чемпионатини нечанчи ўринда якунлади? 0

22 noy 18:50
Yangiliklar

Futbol

"Men ketishga tayyorman". Brunu Fernandesh tanqidlar va MYUdagi kelajagi haqida gapirdi

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoaning Angliya Premer-ligasidagi ko'p yillik chempionlik tanaffusi tufayli futbolchilarga qaratilgan tanqidlarga javob qaytardi.

SHuningdek, agar rahbariyat uni mankunianliklarga boshqa yordam bera olmaydi deb hisoblasa, klubni tark etishga tayyor ekanini malum qildi.

"Klub so'nggi bor chempionatda juda, juda uzoq vaqt oldin g'olib chiqqan. O'shanda hozirgi futbolchilardan birortasi bu erda emasdi va tabiiyki, hamma: "Bu futbolchilar chempionatni yutishga qodir emas", — deydi. Hamma muammoga aylanib qoladi va bu oddiy hol. Hechqisi yo'q. Bu erda o'zlari to'p tepgan klublarda hamma sovrinlarni qo'lga kiritgan futbolchilar bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Xuan Mata futbolda barcha sovrinlarni yutgan. David de Xea ushbu klub bilan kuboklar qo'lga kiritgan. Pol (Pogba) hamma joyda g'alaba qozongan. Nemanya (Matich) hamma joyda yutgan. Hatto Zlatan (Ibragimovich) ham. Ular har erda sovrinlar yutishgan, biroq klubni cho'qqiga qaytarish va Premer-ligada g'olib chiqishni uddalay olishmagan.

Bu erda turli klublarda chempionlikni qo'lga kiritgan ko'plab murabbiylar ishlagan, lekin ular ham Premer-liga kubogini "Yunayted"ga qaytara olishmadi. SHuning uchun futbolchilarga bo'layotgan bosim haqidagi gap-so'zlar yildan-yilga takrorlanib kelmoqda, deb hisoblayman. Har safar klubda eng uzoq vaqt qolayotgan o'yinchilar boshqalarga qaraganda ko'proq etibor markazida bo'lishadi, chunki bu erda uzoq muddat to'p tepishning salbiy tomoni shunda. Bizni boshqalardan ko'ra ko'proq vaqt davomida muammo deb hisoblashadi.

Men klubga shunday dedim: agar ular meni "Yunayted"ni o'zi munosib bo'lgan joyga qaytarishga yordam bera oladigan odam emasman, deb his qilishsa — men ketishga tayyorman. Axir men ham sovrinlar yutishni istayman. Premer-ligada g'olib chiqishni xohlayman. CHempionlar Ligasini yutishni istayman. Buni hech qachon yashirmaganman. Bu qo'limdan keladimi? Bilmayman. Lekin urinishda davom etaman", — deya Fernandeshning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" so'nggi bor 2012/2013 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo'lgan. APLning joriy mavsumida 10-turdan so'ng "qizil iblislar" sakkiz ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing