22 noy 08:26
Yangiliklar
Komplekt medallarni qo'lga kiritgan O'zbekiston jahon chempionatini nechanchi o'rinda yakunladi?
Dunyoning 78 davlatidan 21 yoshgacha bo'lgan 600 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etgan dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o'rinni egalladi. Muhammadjon Masharipov (-60) oltin, Sadulla Ravshanov (-81 kg) kumush, Fazliddin Rafikov (+100 kg) jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.
Rossiya Federaciyasi 4 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni band etdi. Turkiya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush bilan ikkinchi o'rindan joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka francuzlar 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi. Dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 4-o'rin bilan kifoyalandi.

Fikrlar