19 noy 18:44
Yangiliklar
Dzyudo
Muhammadjon Masharipov - yoshlar o'rtasidagi Jahon chempioni!
Toshkentda start olgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo'lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhammadjon Masharipov musobaqa davomida Xitoy, Mo'g'uliston, Braziliya va Tojikiston vakillarini mag'lub etdi. Oltin medal uchun kechgan final bellashuvida esa AQSH vakili, kattalar o'rtasidagi Gran-pri turniri sovrindori Jonatan Yangdan ustun keldi.
SHu tariqa, Muhammadjon yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar