19 noy 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jahon chempionlik kamari uchun jang - uning qaytishiga turtki bo'lishi mumkin" - menejer Klichko haqida gapirdi
Aleksandr Usikning sobiq menejeri Aleksandr Krasyuk Vladimir Klichko og'ir vaznda chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyati tug'ilsa, professional boksga qaytishi mumkinligini aytdi.
"Og'ir vaznda jahon chempionilik kamari uchun jang qilish imkoniyati uning qaytishiga va yana bir bor o'zini sinab ko'rishiga turtki bo'lishi mumkin.
Agar unga shunday imkoniyat taqdim etilsa, u bunga tayyor bo'ladi. Vladimir jismoniy va ruhiy holatini alo darajada saqlab kelmoqda. 50 yoshli inson uchun u haqiqatan ham ajoyib ko'rinishda", — dedi Krasyuk.
50 yoshli Klichko so'nggi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o'tkazgan. O'shanda u 11-raundda nokautga uchrab, mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : About Boxing
Fikrlar