19 noy 15:30
Yangiliklar
"Bunyodkor" va "So'g'diyona" sobiq legioneriga O'zbekiston klublari qiziqish bildirdi, ammo u o'z mamlakatida qoldi
Football.by nashriga bergan intervyusida 30 yoshli futbolchi Minskning "Dinamo" klubiga o'tish qarori va boshqa jamoalardan tushgan takliflar haqida gapirdi.
"Menga faqat Belarus emas, xorij klublaridan ham qiziqish bo'ldi. Biroq ketish variantini jiddiy ko'rib chiqmadim. CHunki omadsiz o'tgan mavsumdan keyin legioner sifatida chet elda jamoa topish juda qiyin bo'lishini tushunardim. Xorijda biror imkoniyatga ega bo'lish uchun hech bo'lmaganda mavsumning yarmini yaxshi o'tkazish kerak edi.
O'zbekiston va Qozog'iston klublari qiziqish bildirishdi, ammo aniq takliflar bo'lmadi. Belarusda esa menga ikki klub – "Dinamo" va turnir jadvalining yuqori qismidagi yana bir jamoa qiziqdi.
Taxminan ikki hafta oldin "Dinamo" vakillari men bilan bog'lanib, istaklarim va maqsadlarim haqida so'rashdi. Muzokaralar shu tariqa boshlandi", – dedi Nosko.
Malumot uchun, Aleksey Nosko 2023 yilda BATE klubidan ijara asosida "Bunyodkor"ga o'tib, O'zbekiston chempionatida 25 ta o'yin o'tkazgan va 2 ta gol urgan. 2024 yil yanvarda esa "So'g'diyona" bilan to'laqonli shartnoma imzolagan.
Futbolchi 2025 yilda "ML Vitebsk" bilan Belarus chempioniga aylangan. U O'zbekistonning aynan qaysi klublari o'ziga qiziqish bildirganini ochiqlamagan.
Fikrlar