19 noy 07:32
Yangiliklar
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk kuni 12 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi
Olimpiya shaharchasida o'tadigan dunyo birinchiligining birinchi kuni o'g'il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 -57 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 12 nafar azosi ham medallar yo'lida tatamiga chiqadi.
Kunduzgi dastur bahslari soat 8:00da boshlanadi. Medallar uchun kechadigan final bloki dasturi soat 17:00ga belgilangan.
Barcha dzyudo muxlislarini Olimpiya shaharchasiga terma jamoamiz azolarini qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. Kirish mutlaqo bepul.
Dzyudochilarimizning ilk uchrashuvlari:
-48 kg vazn toifasi
Laziza Haydarova – Rama Alhalayleh (Iordaniya)
Zarina Jamalova – Han Isabel SHaran Lu (Gonkong)
-52 kg vazn toifasi
Sabina Azamatova – Ol Iroha (Yaponiya)
Nargiza Do'stmamatova – Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
-57 kg vazn toifasi
Maftuna Ahmedova – Tibo Xayden (Kanada)
Rayhona Mamatova – Gil Perri (Isroil)/Marlen SHinvold (Avstriya)
Mohinur Allaberganova – Varvara Kuchar (Litva)/Luka Veg (Vengriya)
-60 kg vazn toifasi
Dilshod Karimov – Raffaele Sodano (Italiya)/Lam Yuk Ngai (Gonkong)
Arapbay Daurbaev – Yigtiyar Gurbanberdiev (Turkmaniston)
Muhammadjon Masharipov – Sun Jia Hao (Xitoy)/Nazar Batirov (Turkmaniston)
-66 kg vazn toifasi
Asadbek Misirov – Batirxan Assanaliev (Ispaniya)/Rolan Kairgali (Qozog'iston)
Izzatbek Ro'zimatov – Roman Kuznecov (Belarus)

Fikrlar