So’nggi yangiliklar

15:45Сарсекбаев Қозоғистон ва Ўзбекистонда боксчиларга бўлган муносабатдаги фарқни кўрсатди 0 15:17Япония футбол ассоциацияси собиқ раҳбари ФИФА президентлиги сайловларида иштирок этиш учун ариза топширди 0 14:50UFC'да Асу Алмабаевнинг чемпионлик учун курашиш имконияти ҳақида гапирилди 0 14:24Шаҳрам Ғиёсов барча даврларнинг энг яхши боксчиси ким эканини айтди 0 13:44UFC P4P рейтинги янгиланди: Харрисон Шевченкони ортда қолдирди, Ган Топ-10`да! 0 13:13"Манчестер Сити" Ҳоландни 175 миллион еврога сотишга тайёр 0 12:42Россияни четлаштирган халқаро хоккей федерацияси сайти бузиб кирилди 0 12:11Чимаев чемпионлик унвонини ҳимоя қилади. Рақиб собиқ UFC чемпиони + ПОСТЕР 0 11:40Ўзбекистонда ҳокимларнинг спорт бўйича маслаҳатчиси лавозими жорий этилди 0 11:09Бразилияда қарздорликка қарши жиддий кураш бошланди 0 10:38Осиё Миллатлар кубогида икки шахматимиз индивидуал совринга эга чиқди + ФОТО 0 10:07UFC мухлислари Кормьени шарҳловчиликдан бўшатишни талаб қилмоқда 0 09:36"Шара Буллет"нинг рақиби жангни сотиш ҳақидаги айбловига жавоб берди 0 09:05Месси AFA'дан ўз исмидан тижорий мақсадларда фойдаланишни тўхтатишни талаб қилади 0 08:34Волков UFC билан янги шартнома имзолади 0

18 noy 15:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Sarsekbaev Qozog'iston va O'zbekistonda bokschilarga bo'lgan munosabatdagi farqni ko'rsatdi

Qozog'iston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Baxit Sarsekbaev Senegalning Dakar shahrida o'tkazilgan o'smirlar Olimpiya o'yinlarida qozog'istonlik va o'zbekistonlik bokschilar qayd etgan natijalarni taqqosladi.

"Qozog'iston va O'zbekiston yoshlar Olimpiadasiga uch nafardan bokschi olib keldi. Sportchilarimizdan ikki nafari finalga chiqdi, yana biri bronza medalini qo'lga kiritdi. O'zbekistonga har ikki oltin medalni qizlar keltirdi. O'g'il bolalar terma jamoasining yagona umidi bo'lgan Ibrohim SHokirjonov esa birinchi jangining o'zidayoq mag'lub bo'ldi. Ammo o'z yurtida uni tanqid qilishmayapti. Aksincha, qo'llab-quvvatlab, unga omad tilashmoqda.

Bizda esa qanday? Bir bokschi mag'lub bo'lishi bilan uni har tomonlama tanqid qilishni boshlashadi. Ertasi kuni g'alaba qozonsa, avvalgi mag'lubiyatini hamma unutib yuboradi. SHuning uchun yosh bokschilarni qo'llab-quvvatlash kerak.

Bibaris Ashirbay ham jahon chempionatida, ham Olimpiya o'yinlarida finalga chiqdi. Ushbu ikki musobaqa orasidagi vaqt qisqa bo'lgani va iqlimga moslashish oson kechmaganiga qaramay, u o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon etdi. Bu istiqbolli yigit va ishonamanki, kattalar o'rtasida ham o'zini ko'rsata oladi. SHuning uchun uni doimiy ravishda boshqalar bilan taqqoslash o'rniga, qo'llab-quvvatlagan maqul", — dedi Sarsekbaev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing