19 noy 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Manba: Usman Nurmagomedov jamoasi bilan BAAda hibsga olinganidan so'ng Rossiyaga qaytdi
Vestnik MMA Telegram-kanali xabar berishicha, PFL chempioni, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Usman Nurmagomedov va uning jamoasining etti azosi BAAda hibsga olinganidan so'ng Rossiyaga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, 11 noyabr kuni Abu-Dabida Usman Nurmagomedov klubdoshlari bilan birga UFC'ning sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili va uning hamrohi, kurashchi Saba Lizashvili bilan mushtlashib ketgan edi.
Hodisa oqibatida barcha ishtirokchilar hibsga olindi. Keyinroq Nurmagomedov olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingani va 300 ming dirham jarimaga tortilgani malum bo'ldi. 17 noyabr kuni esa ayblanuvchilar qo'yib yuborilgani xabar qilindi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar