21 noy 15:15
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachi Xushnoza SHavkatova endi AQSHning Oregon universiteti jamoasi sharafini himoya qiladi
Engil atletikaning uch hatlab sakrash yo'nalishi bo'yicha ikki karra U-20 Osiyo chempioni, hamyurtimiz Xushnoza SHavkatova AQSHning Oregon Universiteti ayollar engil atletika jamoasi "Oregon Ducks" azosiga aylandi.
Bu haqida universitetning Facebook sahifasida elon qilindi.
Ushbu jamoa bizga juda yaxshi tanish. SHarifa Davronova joriy yilda "Oregon Ducks" sharafini himoya qilgan holda mamlakat talabalar chempionati finaliga qadar etib borgan, yakunda vice-chempion unvonini qo'lga kiritgan edi.
Xushnoza SHavkatova univesitetning ayollar jamoasi tarkibida uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash turlari bo'yicha Qo'shma SHtatlar talabalar chempionatlarida ishtirok etadi.

Havola :
Manba : uzathletics.uz
Fikrlar