20 noy 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Xoriguchi Asu Almabaevga qarshi jang oldidan o'z ustunliklarini sanab o'tdi
Yaponiyalik UFC jangchisi Kiodji Xoriguchi qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi o'tkaziladigan bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Xoriguchi ajoyib sport formasida ekanini va Manel Kapega qarshi mag'lubiyatdan keyin yana g'alabali yo'lga qaytishga to'liq etibor qaratganini takidladi.
"Men butun diqqatimni navbatdagi jangga qaratganman. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu erda ekanimdan xursandman. Menda tezlik, kuch va tajriba bor. SHuning uchun istalgan joyda jang qila olaman. Haqiqatan ham katta tajribaga egaman. SHu bois bu raqibim ilgari hech qachon duch kelmagan jang bo'lishi mumkin", — dedi Kiodji.
Asu Almabaev va Kiodji Xoriguchi o'rtasidagi jang 21 noyabr kuni Doha shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar