20 noy 07:11
Yangiliklar
Bugun 9 nafar dzyudochimiz jahon chempionati medallari uchun kurashadi (Juftliklar)
Olimpiya shaharchasida soat 08:00da start oladigan bugungi bahslarda o'g'il bolalar o'rtasida -73, -81, qizlarda esa -63, -70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakiliga muxlislik qilamiz va umid qilamizki, xuddi kechagi kunda bo'lgani singari bugun ham arena uzra davlatimiz madhiyasi yangraydi.
Dzyudochilarimizning ilk uchrashuvlari:
-63 kg vazn toifasi
Nigina Saparboeva – Mubarak Menas (Iordaniya)/Honoka Kimura (Yaponiya)
Dinora Samandarova – Emili Daniela (AQSH)
Parizoda Yo'ldosheva – Ivett Fuentes (Venesuela)
-70 kg vazn toifasi
Poshshajon Jumaboeva – Marta Navikayte (Litva)/Yang Yuan Ji (Xitoy)
Durdona Tursunova – Renata Sandoval (Meksika)/Diana Benkova (Polsha)
-73 kg vazn toifasi
Muhriddin Marufov – Nikolas Gkinis (Greciya)
Inoyat Telmanov – Ali Al-SHammari (Kuveyt)/Konstantinos Caparas (Greciya)
-81 kg vazn toifasi
Kamronbek Qodirov – Mehdi Abbasov (Ozarbayjon)/Edoardo Russo (Italiya)
Sadulla Ravshanov – Taichi Okudo (Yaponiya)

Fikrlar