19 noy 19:25
Yangiliklar
“Arsenal” 3 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqda
Bu haqda “The Touchline” malum qildi.
27 yoshli Rays bilan tuziladigan yangi bitim 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Nashr malumotlariga ko'ra, yarim himoyachining maoshi sezilarli darajada oshiriladi va u jamoaning eng ko'p haq oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
31 yoshli Rayya klub bilan 2030 yilning yoziga qadar amal qiladigan bitimni kelishib oldi. SHuningdek, “Arsenal” 25 yoshli Timber bilan ham kelishuvni 2031 yilgacha uzaytirishga erishdi.
Rays 2026/27 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rayya hisobida 15 ta uchrashuv bor. Timber esa 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi.
Fikrlar