20 noy 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 2027 yil mart oyida Yaponiyada turnir o'tkazishi mumkin: Temirovning keyingi jangi kunchiqar yurtda bo'ladimi?
UFC 2027 yil 27 mart kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida Fight Night turnirini o'tkazishi mumkin.
AgentMMA nashri bu reja ko'rib chiqilayotganini yozgan.
Ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Ramazon Temirov va yaponiyalik Rey Curuya o'rtasidagi ehtimoliy jang o'tkazilishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UFCning rasmiy reytingida Curuya Meta reytingi bo'yicha 14-o'rinda ko'rsatilgan.
Hozircha UFC turnir sanasi va joyini ham, ishtirokchilar ro'yxatini ham tasdiqlamagan. Ramazon so'nggi jangini angliyalik Lone Kavanaga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar