21 noy 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Amirxon Alixo'jaev keyingi jangini Xotambek Boynazarovning sobiq raqibiga qarshi o'tkazadi
O'zbekistonlik taniqli MMA ustasi Amirxon Alixo'jaevning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi.
Hamyurtimiz12 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Alpomish" muz saroyida tashkil etiladigan Mangu 7 turnirida ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni portugaliyalik Renjel de Sa raqiblik qiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Renjel uchun Mangu Ligasi begona emas. U to'rtinchi turnirning markaziy jangida yurtdoshimiz Xotambek Boynazarovga qarshi bahs olib borib, mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida 21 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. Renjel de Sa hisobida esa 16 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar