23 noy 07:32
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov: "Menda imkoniyat bor!"
Kecha Jenevadagi BMT Millatlar saroyida 2026 yilgi jahon chempionligi matchi oldidan rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju hamda o'zbekistonlik davogar, Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Sindarov Nomzodlar turniridagi g'alabasidan keyingi olti oy qanday o'tganini esladi. Uning aytishicha, vaqt u o'ylagandan ancha tez o'tgan.
"Jahon toji uchun kurashishdan juda xursandman. Ko'p shaxmatchilar butun umr shaxmat o'ynab ham bunday imkoniyatga ega bo'lmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor. Bu imkoniyatdan imkon qadar zavq olishga harakat qilaman".

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar