16 noy 14:46
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Qirg'izistonda Olimpiada g'olib va sovrindorlari uchun umrbod stipendiyalar tasdiqlandi
Bu haqda Qirg'iziston Milliy Olimpiya qo'mitasi ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, har oylik to'lovlar miqdori quyidagicha bo'ladi:
Oltin medal — 30 000 som (taxminan 350 AQSH dollari)
Kumush medal — 25 000 som
Bronza medal — 20 000 som
SHuningdek, Olimpiya sport turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionlariga 20 000 som miqdorida stipendiya belgilangan. Stipendiyalar Paralimpiya va Surdlimpiya o'yinlari sovrindorlariga ham to'lanadi.
Bir nechta asos bo'lgan taqdirda, stipendiyalar qo'shib hisoblanmaydi.
Qaror 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. U xalqaro maydonda Qirg'iziston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Havola :
Manba : olympic.kg
Fikrlar