23 noy 09:36
Yangiliklar
Jahon toji va 2 500 000 dollar uchun kechadigan matchning 1-turini kim qaysi donalarda o'ynashi malum
Kecha o'tkazilgan rasmiy matbuot anjumanida grossmeysterlarning birinchi turni qaysi donalarda o'ynashi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, davogar Javohir Sindarov oq, amaldagi chempion Gukesh Dommaradju qora donalarda o'ynaydigan bo'ldi.
Malumot uchun, har bir partiyada dastlabki 40 yurish uchun shaxmatchilarning har biriga 120 daqiqadan vaqt beriladi. 40-yurishdan so'ng partiya yakuniga qadar yana 30 daqiqa qo'shiladi.
41-yurishdan boshlab esa har bir yurish uchun 30 soniyadan qo'shib boriladi. SHu sabab ayrim partiyalar 5 soatdan ham uzoq davom etishi mumkin.
Jahon chempionligi matchi 24 noyabrdan 12 dekabrgacha SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkaziladi. Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat bo'ladi.
Birinchi bo'lib 7,5 ochko to'plagan shaxmatchi Jahon chempioni bo'ladi. Agar asosiy match 7:7 hisobida yakunlansa, g'olib tay-breyk orqali aniqlanadi.
Matchning umumiy sovrin jamg'armasi 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi.


Fikrlar