09 fev 12:23
Yangiliklar
Tenerife Challenger. Fomin 43 daqiqada masalani hal qildi
Mukofot jamg'armasi 97,640 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada polshalik 32 yoshli Filip Pelivoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.
Taqqoslash uchun, saralashning beshinchi raketkasi sifatida saralangan Sergey ATP reytingida 328, Filip esa 477-o'rinni egallab turibdi. Bor yo'g'i 43 daqiqa davom etgan bahsda 1 ta esa eys zarbasini amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ikki yil avval Astana turnirida ham Fominning qo'li baland kelgandi. Endi u ertaga asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda ispaniyalik Serxio Kallexonga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar