03 noy 18:18
Yangiliklar
Jonni Uoker ukasi Valter bilan jang qilmasligini aytdi
Uning aytishicha, oktagonda qarindoshiga zarar etkazish fikrini qabul qila olmaydi. Jonni yakkakurashni juda shafqatsiz sport turi deb atab, bunday qarama-qarshilikka oilaviy rishtalar sabab rozi bo'lmasligini takidladi.
Jangchining so'zlariga ko'ra, u va Valter avval yaqin bo'lgan, hatto Rossiyada birga mashg'ulot o'tkazgan. Biroq vaqt o'tishi bilan munosabatlarda masofa paydo bo'lgan.
Jonni bunga Valterning ijtimoiy tarmoqlardagi hazillari va ayrim xatti-harakatlari yaqinlarini ranjitishi sabab bo'layotganini aytdi. SHu bilan birga, u ukasi bilan aloqalari yomon emasligini va uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilishini qayd etdi. Uoker kelajakda Valter bilan yana birga mashg'ulot o'tkazishi mumkinligini ham istisno qilmadi. Uning so'zlariga ko'ra, Valter Las-Vegasga kelib mashg'ulot lageriga qo'shilishi mumkin, biroq alohida yashashi kerak bo'ladi.
Fikrlar