03 noy 19:52
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Kovington RAF turnirida Maxachevga kurash taklif qildi
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik chempioni Kolbi Kovington RAF ligasi turnirida Islam Maxachev bilan kurash bahsi o'tkazishni istayotganini bildirdi.
Amerikalik jangchi Maxachevning kurash mahoratini yuqori baholab, ehtimoliy bahsni "AQSH — Rossiya" qarama-qarshiligi sifatida taqdim etish mumkinligini aytdi.
Kovingtonning fikricha, RAF tashkilotchilari bu g'oyani "Rokki" filmlaridagi Rokki Balboa va Ivan Drago qarama-qarshiligiga qiyoslab targ'ib qilishi mumkin.
"Men Islam bilan kurashish imkoniyatidan xursand bo'lardim. U juda kuchli kurashchi. Sambo erkin kurashdan farq qiladi, ammo u o'z yo'nalishida katta yutuqlarga erishgan", deydi Kovington Submisson Radio'ga bergan intervyusida.
14 noyabr kuni Abu-Dabida o'tadigan RAF turnirida Kovington Xamzat CHimaevga qarshi titul bahsida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : Submisson Radio
Fikrlar