03 noy 08:32
Yangiliklar
RAF ligasida rossiyalik sportchilarning ishtiroki haqida rasmiy bayonot berildi
Liga rahbariyati xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytib, bu haqda rasmiy matbuot relizida malum qildi.
"Rossiyalik sportchilar endilikda RAFda ishtirok etmasligi haqidagi so'nggi bayonotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. RAF dunyoning eng yaxshi sportchilarini taklif etishda davom etadi. Rossiyalik sportchilar ham bizning ro'yxatimizda muhim o'rinni egallashda davom etadi. Rossiyaliklar Abu-Dabi, CHikago va Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan RAF turnirlarida ishtirok etadi. Ular orasida amaldagi va sobiq jahon chempionlari ham bo'ladi.
Sportchilarga yo'llagan xabarimiz juda oddiy: RAF elita sportchilariga jahon arenasida ko'proq imkoniyatlar yaratish uchun mavjud va biz bu missiyani bajarishda davom etamiz", – dedi liganing bosh direktori va hammuassisi CHed Bronshteyn.
Ushbu bayonotga Rossiyaning erkin kurash bo'yicha terma jamoasining bosh murabbiyi Hojimurod Gacalovning intervyusi sabab bo'lgan, unda terma jamoaning birinchi raqamli sportchilari RAF ligasida ishtirok eta olmasligini malum qilgan.
"Ham federaciyaning, ham shaxsiy poziciyam shunday: Rossiya chempionatida saralanganlar murabbiylar shtabi tomonidan belgilanadigan reyting turnirlaridan boshqa hech qaerda kurashmaydilar. Yoki biz ikkinchi yoki uchinchi raqamli sportchilarni ko'rib chiqamiz. Qatiy poziciya", – deya Gacalovning so'zlarini keltiradi "Match TV".
Ostonada bo'lib o'tgan jahon chempionatida Rossiyaning eng ko'p sovrinli kurashchisi, RAF ligasida ishtirok etuvchi Abdulrashid Sadulaev 97 kg vazn toifasida faqat bronza medalini qo'lga kiritdi. Ushbu vazn toifasidagi oltinni esa yarimog'ir vazn toifasidagi RAF chempioni amerikalik Kayl Snayder qo'lga kiritdi.
Rossiyalik sportchi 14 noyabr kuni Abu-Dabidagi turnirda RAF gilamchasiga qaytishi kerak, u erda unga Parij Olimpiadasining bronza medali sohibi, Greciya sharafiga kurashayotgan Dauren Kurugliev raqiblik qiladi.

Fikrlar