04 noy 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Uittaker Guskovning zarba kuchini yuqori baholadi
UFC'ning o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Robert Uittaker 7 fevral kuni Sidneyda hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi bo'ladigan jang oldidan raqibining imkoniyatlarini baholadi.
Uittakerning aytishicha, tashkilotchilar dastlab bir nechta boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqqan, biroq turli sabablarga ko'ra ular jangga rozi bo'lmagan. Yakunda Guskov Sidneyga kelib jang o'tkazishga rozilik bergan.
Avstraliyalik sportchi Guskovni bo'yi baland, qo'llari uzun va yarim og'ir vazn uchun kuchli zarbaga ega xavfli raqib deb tarifladi.
"Agar u menga aniq zarba bersa, bu og'riqli bo'ladi. Jang rejam o'zgarmaydi — zarba berish va o'zim zarba o'tkazib yubormaslik", deydi Uittaker o'z podkastida.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar