17 noy 14:15
Yangiliklar
O'zbekistonda velosport bilan shug'ullanuvchilar soni 2030 yilgacha 30 mingga etkaziladi
Bu vazifalar prezidentning 11 noyabrdagi qarorida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2030 yilgacha velosport bilan shug'ullanuvchilar sonini 30 ming nafarga, muntazam mashg'ulot o'tadiganlar sonini 5 ming nafarga etkazish ko'zda tutilgan. Murabbiylar soni 350 nafar bo'lishi, milliy terma jamoa esa Osiyo musobaqalarida kuchli uchlikdan joy olishi kerak.
Hududlarda velosport yo'nalishlari rivojlantiriladi
Qaror bilan har bir hududda velosportning muayyan yo'nalishiga ixtisoslashgan tuman yoki shaharlar belgilangan.
SHosse velosporti Nukus shahrida, Andijon viloyatining Andijon tumanida, Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida va Xorazm viloyatining Gurlan tumanida rivojlantiriladi.
Trek velosporti Namangan viloyatining Davlatobod tumani hamda Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo'lga qo'yiladi. Tog' velosporti markazlari esa Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanlarida tashkil etiladi.
BMX Racing Buxoro va Jizzax shaharlarida, BMX Freestyle Navoiy va Farg'ona shaharlarida rivojlantiriladi. Samarqand shahri paravelosport markazi bo'ladi.
Toshkent maktablarida tajriba loyihasi o'tkaziladi
2027 yil mart oyidan Toshkent shahar hokimligi zarur infratuzilmasi bor maktablarni bosqichma-bosqich velosipedlar bilan taminlaydi. Loyiha ko'proq o'quvchini velosportga jalb qilish va iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan.
Tajribada qatnashadigan har bir maktabga umumiy foydalanish uchun to'rtta velosiped va bitta professional velosiped beriladi. Maktablar ishtirokini belgilash uchun ularda inventarizaciya o'tkaziladi. Qarorda talab etiladigan infratuzilma ro'yxati aniq ko'rsatilmagan.
Maktablarga sport maktablaridan trener-selekcionerlar biriktiriladi. Ular velosipedlardan samarali foydalanishni tashkil etish va o'quvchilar orasidan iqtidorli sportchilarni saralashga ko'maklashadi.
2027–2028 yillarda velosipedlar xaridi va murabbiylar bilan hamkorlik xarajatlari Toshkent shahar byudjeti hisobidan qoplanadi. SHuningdek, 2027 yil mart oyidan zarur infratuzilmasi bor maktablarning yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida muntazam «Direktor kubogi» musobaqalari o'tkaziladi.
Tajriba natijalari asosida 2029 yildan boshlab loyihani mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha Hukumatga takliflar kiritiladi.
Ommaviy musobaqalar tashkil etiladi
2027 yil mart oyidan quyidagi musobaqa va tadbirlarni muntazam o'tkazish rejalashtirilgan:
- «Talabalar kubogi» — oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida;
- «Direktor kubogi» — maktablarning yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida;
- «Sening imkoniyating» — nogironligi bo'lgan shaxslar uchun paravelosport musobaqalari;
- «Yangi O'zbekiston» — vazirlik va idoralar xodimlari o'rtasida;
- «Bahor malikasi» — 8 martga bag'ishlangan ayollar velomarafoni;
- «Sog'lomlik sari» — 22 sentyabr, Avtomobilsiz kun munosabati bilan velomarafon.
Mahallalarda ham velosport bo'yicha ommaviy mashg'ulotlar va musobaqalar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Professional sportchilarni tayyorlashga etibor kuchaytiriladi
Toshkent viloyatining G'azalkent shahridagi shosse velosporti majmuasi va Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi velotrek bazasi sport-internat hamda Velosport federaciyasiga bepul foydalanish uchun beriladi.
2027–2028 yillarda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida BMX bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazishga mo'ljallangan zamonaviy sport majmuasini qurish rejalashtirilgan.
2027 yilda Velosport bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport-internati sportchilarning jismoniy ko'rsatkichlarini masofadan nazorat qilish uchun 15 ta uskuna bilan taminlanadi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash bo'yicha 14 ta markazning har biriga beshtadan uskuna beriladi. Velosport musobaqalari har yilgi tuman va hududiy sport tadbirlari taqvimiga kiritiladi.
2027–2028 yillarda Velosport federaciyasining har bir hududiy bo'limiga 20 tadan professional velosiped ajratiladi. Qarorda ularning oltitasi shosse va trek velosportiga, ikkitasi tog' velosporti va BMX Racing’ga, to'rttasi esa paravelosportga mo'ljallanishi belgilangan.
Hududiy hokimliklar Milliy olimpiya qo'mitasi bilan birgalikda Olimpiya o'yinlariga licenziya olish uchun reyting ballari beriladigan xalqaro musobaqalarni moliyalashtiradi. 2027/2028 o'quv yilidan boshlab Velosport bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport-internati o'quvchilari orasida paravelosport bilan shug'ullanuvchilar ulushini 20 foizga etkazish rejalashtirilgan.
Sport vazirligi so'roviga binoan, taklif etilgan xorijiy sportchilar, murabbiylar, velosport mutaxassislari va ularning oila azolariga konsullik hamda boshqa yig'imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Ichki ishlar vazirligi ularga ko'p martalik vizalar berish, turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish va ushbu muddatlarni uzaytirishni taminlaydi. Bandlik vazirligi esa taklif etilgan sportchilar, murabbiylar va mutaxassislarga ishlash huquqini beruvchi tasdiqnomalarni rasmiylashtiradi va ularning muddatini uzaytiradi.
Fikrlar