02 sen 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Asu Almabaevning navbatdagi jangi sanasi va manzili malum bo'ldi
Ramazon Temirovning vaznidagi qozog'istonlik Asu Almabaev (24-3)ning navbatdagi jang tafsilotlari malum bo'ldi.
Bu haqda uning murabbiyi Eduard Bazrov xabar berdi.
— Asuni UFC oktagonida qachon yana ko'ramiz? Aniq sana va raqib bormi?
— Bizda sana bor — 21 noyabr! Bu Qatarda o'tkaziladigan UFC turniri. Raqib ham tez orada malum bo'ladi, chunki Royval oilaviy sabablarga ko'ra va kichik jarohati tufayli jangdan bosh tortdi. O'ylaymanki, yaqin orada bizga raqibni aytishadi. Men hech qanday ism aytmoqchi emasman, chunki shartnoma hali imzolanmagan. Ammo yuz foiz bizga kuchli (Top) raqib berishadi.
Eslatib o'tamiz, Asu Almabaev UFC`dagi so'nggi jangini iyun oyida o'tkazgandi — o'shanda u uchinchi raundda amerikalik CHarlz Jonson (20-9)ni bo'g'ish usuli bilan taslim etgan edi.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar