02 sen 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirovning vazn reytingida ikkita o'zgarish kuzatildi. "Kutilmagan" mehmon bor!
UFC erkaklar o'rtasida o'ta engil vazn toifasi reytingini yangiladi.
Reytingda ikkita o'zgarish kuzatildi. Xitoylik Su Mudaerczi (20-7) 13-pog'onadan 11-o'ringa ko'tarilib oldi. Ilk bor Top-15`talikda yaponiyalik Rey Curuya (12-1) debyut qildi. Ramazon Temirov avvalgi o'rnini saqlab qoldi. Hamyurtimiz 7-pog'onani band etgan. Hamyurtimizning 24 oktyabr kungi jangdagi raqibi angliyalik Lone Kavana 6-o'rindan joy olgan.
Qozog'istonlik Asu Almabaev (24-3) Top-5`talikni yakunlab bergan. Myanmalik Joshua Van (17-2) divizon chempioni bo'lsa, ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleksandr Pantoja birinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar