14 okt 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA saytida Mungiyaning keyingi jangi bo'yicha malumot paydo bo'ldi
Avvalroq, tashkilot aslida Bektemir Meliqo'zievga qarshi ringga chiqishga majbur bo'lgan Xaymening jangini tasdiqlamagan edi.
DAZN platformasi ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni, meksikalik Xayme Mungiya 31 oktyabr kuni Ar-Riyodda Rossiya vakili Nikita Zon bilan jang qilishi haqida xabar bergan edi. Biroq WBA tashkiloti bunga munosabat bildirib, o'zbekistonlik Bektemir Meliqo'ziev ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA'ning rasmiy davogari ekani, Mungiya–Zon jangi bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqishini bildirgan edi.
SHunday bo'lsa-da, WBA'ning rasmiy saytida Xayme Mungiya o'z kamarini Nikita Zondan himoya qilishi haqida xabar berilganini ko'rish mumkin. Tashkilot hozircha bunga rasmiy munosabat bermagan.

Havola :
Manba : WBA
Fikrlar