23 okt 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Xrgovich Dyubua bilan IBF va WBO kamarlarini birlashtirmoqchi
Superog'ir vazn toifasi IBF yo'nalishi chempioni Filip Xrgovich WBO kamari sohibi Daniel Dyubuaga qarshi birlashtiruvchi jang o'tkazishga tayyorligini bildirdi.
Xorvatiyalik bokschi DAZN’ga bergan intervyusida Dyubuaga qarshi qanday taktika qo'llashini ham aytib o'tdi.
"Itauma bilan jangdan keyin Daniel bilan bahs menga sekinlashtirilgan tasvirdek tuyuladi, deb o'ylayman. Uning jebidan himoyalanaman, uni ortga chekinishga majbur qilaman va oldinga yurishiga yo'l qo'ymayman. Jeb bilan nazorat qilaman, boshimni harakatlantiraman va zarbalarini to'saman. Keyingi jangda uni yo'q qilaman, deb o'ylayman", — dedi Xrgovich.
18 oktyabr kuni Londonda Daniel Dyubua Fabio Uordlini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar